Hamkorlarimiz bilan do'stlik rishtalari yanada mustahkamlanmoqda
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutiga Asfandiyorov nomidagi Qozog'iston milliy universiteti “Boshqaruvni tashkil etish, farmatsiya iqtisodiyoti va klinik farmatsiya” kafedrasi professor-o'qituvchilari tashrif buyurishdi.
Ularni institut rahbariyati iliq qarshi oldi. O'quv ishlari bo'yicha prorektor Sh.Z. Umarova qabullarida hamkasblar bilan institut faoliyati, o'quv va ilmiy jarayonlar haqida suhbatlashildi.
Shundan so'ng mehmonlarimiz professorlar Serikbaeva E.A., Ashirov M.Z, lektorlar Mukanova A.B., Seytova J.D. hamda doktorantlar Egizbaeva Sh.A, Egizbaeva A.A. “Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Rahimov A.A. boshchiligida institut o'quv binosi, farmatsiya-innovatsiya markazi hamda klinik oldi tadqiqotlari laboratoriyasi bilan tanishishdi.
Uchrashuv davomida kelgusidagi yangi rejalar muhokama qilindi.