Yangi O`zbekiston ziyolilari - milliy yuksalish tayanchi
23–24 noyabr kunlari poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ilk bor O‘zbekiston ziyolilari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida 500 nafar delegat — ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, adabiyot va jamoatchilikning turli sohalari vakillari ishtirok etdI. Muhokamalar davomida mamlakat hayotining turli yo‘nalishlariga oid dolzarb masalalar ko‘tarilib, yuzlab tashabbus va takliflar ilgari surildi. Ularning zamirida bir maqsad — yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilish, jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash va kelajak avlod uchun munosib sharoit yaratish g‘oyasi mujassam.