Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini baholash mezonlarini o‘rganish yuzasidan so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Hurmatli talabalar!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim jarayonining shaffofligi, xolisligi va samaradorligini ta’minlash, shuningdek, talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash mezonlari bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma orqali baholash mezonlarining tushunarliligi, adolatliligi, baholash jarayonining shaffofligi hamda mavjud tizimni takomillashtirishga doir talabalarning fikr va takliflari o‘rganiladi.
Sizning fikringiz biz uchun muhim! So‘rovnomada faol ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish va baholash tizimini yanada takomillashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi.