TA’LIM DASTURI SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA ANONIM SO‘ROVNOMA O‘TKAZILADI!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim sifatini ta’minlash va uzluksiz takomillashtirish, ta’lim dasturlarining samaradorligini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida «Ta’lim dasturining tashkiliy-boshqaruv va o‘quv jarayonlari sifatini baholash» mavzusida anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.
So‘rovnoma orqali talabalarning o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim dasturlarini amalga oshirish samaradorligi, o‘quv mashg‘ulotlari sifati, baholash tizimining shaffofligi, professor-o‘qituvchilar va mas’ul tuzilmalar bilan o‘zaro muloqot hamda ta’lim jarayonini boshqarish mexanizmlari bo‘yicha fikr-mulohazalari o‘rganiladi.
Hurmatli talabalar! Sizni so‘rovnomada faol ishtirok etishga, ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan fikr va takliflaringizni xolisona bildirishga chaqiramiz.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Barcha javoblar umumlashtirilgan holda tahlil qilinib, ta’lim dasturlari sifatini yanada oshirishda foydalaniladi.
Sizning fikringiz — sifatli ta’lim va samarali boshqaruv sari muhim qadam!