TALABALAR O‘RTASIDA ANONIM SO‘ROVNOMA O‘TKAZILADI!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.
So‘rovnoma davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar fikri o‘rganiladi:
Ta’lim resurslari – darsliklar, o‘quv-uslubiy materiallar, elektron manbalar va axborot-resurs imkoniyatlari;
Moddiy-texnik baza – o‘quv xonalari, laboratoriyalar, zamonaviy jihozlar va ta’lim infratuzilmasi;
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi – talabalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa turdagi yordam hamda xizmatlar.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilmaydi. Bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, institut faoliyatini yanada takomillashtirishda foydalaniladi.
Hurmatli talabalar! Sizni so‘rovnomada faol ishtirok etishga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni xolisona bildirishga chaqiramiz.
Zero, Sizning fikringiz — ta’lim sifatini oshirish va yanada qulay ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega!