TA’LIM JARAYONIDAN QONIQISH VA INSTITUTGA MOSLASHUV DARAJASINI O‘RGANISH BO‘YICHA ANONIM SO‘ROVNOMA

 

HURMATLI 1-BOSQICH TALABALARI!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 1-bosqich talabalarining ta’lim jarayonidan qoniqish darajasi hamda institut muhitiga moslashuvini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma orqali sizlarning:
  ta’lim jarayoni haqidagi fikr va taassurotlaringiz;
  darslarning tashkil etilishi va o‘quv sharoitlaridan qoniqishingiz;
  institut hayotiga moslashish jarayonidagi tajribangiz;
  mavjud muammolar va takliflaringiz o‘rganiladi.
Sizning har bir fikringiz biz uchun muhim!
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Javoblaringiz xolis tahlil qilinib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun qulay ta’lim muhitini shakllantirishda inobatga olinadi.
Faol ishtirok eting! Sizning fikringiz institutimiz rivojiga hissa qo‘shadi!