FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTIDA 2026–2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul davom etmoqda.
Institut farmatsevtika va tibbiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, kasbiy kompetensiyasi shakllangan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.
Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, talabalarning mustaqil fikrlashi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
2026–2027-o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
Farmatsiya;
Sanoat farmatsiyasi;
Davolash ishi;
Tibbiy profilaktika.
Ta’lim jarayonining asosiy imkoniyatlari:
zamonaviy laboratoriya va amaliy mashg‘ulot xonalari;
simulyatsion ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari;
malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi;
amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari;
ilmiy-tadqiqot faoliyatida ishtirok etish imkoniyatlari;
xalqaro akademik hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlari.
Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalarning bilimini baholash, o‘quv-uslubiy ta’minot va ta’lim sifatini muntazam takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat olib boriladi.
Hujjat topshirish va qabul shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun institut Qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.
 Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti — ta’lim, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda kelajak mutaxassislarini tayyorlash sari!