2024–2025-O‘QUV YILI UCHUN QABUL: FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI SIZNI KUTMOQDA!

 

2024–2025-O‘QUV YILI UCHUN QABUL: FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI SIZNI KUTMOQDA!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 2026–2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni qabul qiladi.
Institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — farmatsevtika va tibbiyot sohalarining zamonaviy talablariga javob beradigan, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Ushbu maqsad yo‘lida ta’lim jarayoni zamonaviy o‘quv-laboratoriya infratuzilmasi, simulyatsion o‘qitish vositalari, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan uyg‘unlashtirilgan.
Institutda talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:
Farmatsiya;
Sanoat farmatsiyasi;
Davolash ishi;
Tibbiy profilaktika.
Ta’lim jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish;
laboratoriya va simulyatsion mashg‘ulotlar orqali amaliy kompetensiyalarni shakllantirish;
kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan amaliyotlarni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga talabalarni jalb etish;
mustaqil ta’lim va zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish;
ta’lim sifatini ta’minlash va muntazam takomillashtirish.
Institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi va xalqaro hamkorlik aloqalari talabalarning kasbiy rivojlanishi uchun muhim ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Qabul haqida batafsil ma’lumot:
Ta’lim yo‘nalishlari;
O‘qish muddati;
Ta’lim shakli;
To‘lov-kontrakt miqdori;
Hujjat topshirish tartibi va muddatlari.
Mazkur ma’lumotlarni institutning rasmiy axborot kanallari va Qabul komissiyasi orqali olishingiz mumkin.
 Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti — “Ta’lim – tadqiqotga, tadqiqot – taraqqiyotga yetaklaydi”.