E'LON TALABALARNING BILIM VA KO‘NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA ANONIM SO‘ROVNOMA

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim jarayonida talabalar bilimini baholash tizimining shaffofligi, xolisligi va samaradorligini o‘rganish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.

E'LON

TALABALARNING BILIM VA KO‘NIKMALARINI BAHOLASH MEZONLARINI O‘RGANISH BO‘YICHA ANONIM SO‘ROVNOMA

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim jarayonida talabalar bilimini baholash tizimining shaffofligi, xolisligi va samaradorligini o‘rganish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.
So‘rovnoma orqali talabalar tomonidan bilim va ko‘nikmalarni baholash mezonlarining tushunarliligi, baholash tartibi va talablarining oldindan ma’lum qilinishi, nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni baholashdagi yondashuvlar, oraliq va yakuniy nazorat jarayonlarining tashkil etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganiladi.
Shuningdek, baholash jarayonida xolislik va adolat tamoyillariga rioya etilishi, natijalar yuzasidan fikr bildirish hamda baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi.
So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, talabalar bilimini baholash tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini yanada oshirishga yo‘naltiriladi.
Hurmatli talabalar! Sizning xolis fikringiz baholash tizimining yanada shaffof, adolatli va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. So‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!