E'LON SIZNING FIKRINGIZ BIZ UCHUN MUHIM!

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalarini ta’lim sifatini baholashga qaratilgan anonim so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

E'LON

SIZNING FIKRINGIZ BIZ UCHUN MUHIM!

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabalarini ta’lim sifatini baholashga qaratilgan anonim so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Institutda ta’lim jarayonini yanada qulay, samarali va zamonaviy talablar asosida tashkil etishda talabalarning fikri alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, so‘rovnoma orqali sizning ta’lim jarayoni, dars mashg‘ulotlari, amaliyot, o‘quv resurslari, professor-o‘qituvchilar faoliyati va mavjud sharoitlar haqidagi fikrlaringiz o‘rganiladi.
Sizni qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni ochiq bayon etishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Javoblaringiz shaxsiyatingiz bilan bog‘lanmaydi va umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.
Unutmang, ta’lim sifatini oshirish faqat bir tomonning emas, balki butun akademik hamjamiyatning umumiy maqsadidir.