E'LON TALABALAR FIKRI — TA’LIM SIFATI RIVOJINING MUHIM MEZONI
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim xizmatlari sifatini baholash, o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash hamda ta’lim muhitini yanada takomillashtirish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma tashkil etilmoqda.
TALABALAR FIKRI — TA’LIM SIFATI RIVOJINING MUHIM MEZONI
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim xizmatlari sifatini baholash, o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash hamda ta’lim muhitini yanada takomillashtirish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma tashkil etilmoqda.
So‘rovnoma davomida talabalar tomonidan ta’lim dasturlarining mazmuni, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unligi, professor-o‘qituvchilar faoliyati, o‘quv-uslubiy ta’minot va yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikrlar bildirilishi mumkin.
Olingan natijalar umumlashtirilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tahliliy xulosalar va takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
So‘rovnoma anonim bo‘lib, unda ishtirok etish ixtiyoriydir. Barcha javoblar maxfiyligi ta’minlangan holda ko‘rib chiqiladi.
Hurmatli talabalar, ta’lim jarayonini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va mulohazalaringiz bilan ushbu jarayonda faol ishtirok eting.