TA’LIM SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA ANONIM SO‘ROVNOMA O‘TKAZILADI

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda talabalar uchun yaratilgan ta’lim sharoitlarini o‘rganish maqsadida talabalar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.

So‘rovnoma orqali talabalarning ta’lim jarayoni, dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilarning faoliyati, amaliy mashg‘ulotlar, moddiy-texnik baza, elektron ta’lim resurslari hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalari o‘rganiladi.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari talab etilmaydi va bildirilgan fikrlar xolis tahlil qilish hamda ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.

Hurmatli talabalar!

Sizning fikringiz va takliflaringiz institutimizda ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Sizni so‘rovnomada faol ishtirok etishga va o‘z fikr-mulohazalaringizni samimiy bildirishga chorlaymiz!