Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Davolash ishi

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni zamonaviy klinik bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari sifatida tayyorlash maqsadida Ichki kasalliklar kafedrasi 2026-yilda tashkil etildi.

Kafedraning tashkil etilishi institutda tibbiy ta’limning klinik yo‘nalishini rivojlantirish, nazariy bilimlarni klinik amaliyot bilan uzviy bog‘lash, talabalarda klinik fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.
Kafedra faoliyati ta’lim – klinik amaliyot – ilmiy tadqiqot integratsiyasi tamoyiliga asoslangan.
Kafedraning asosiy maqsadi
Kafedraning asosiy maqsadi — ichki kasalliklar sohasida zamonaviy bilimlarga, klinik fikrlash qobiliyatiga, amaliy ko‘nikmalarga va dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga ega bo‘lgan raqobatbardosh shifokorlarni tayyorlashdir.
Ta’lim jarayonida talabalar nafaqat kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash tamoyillarini o‘rganadilar, balki real klinik sharoitda bemorni tekshirish, differensial diagnostika o‘tkazish va individual davolash rejasini tuzish ko‘nikmalarini ham egallaydilar.

https://youtu.be/qhKtXa2gNVM