2027-yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) kirish imtihonlari o‘tkazilishi to‘g‘risida

 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha tayanch

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD) ajratilgan qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlari o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
Kirish imtihonlari quyidagi sana, vaqt va joyda bo‘lib o‘tadi:
2026-yil 23-noyabr
 soat 15:00
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, 210-xona.
Tayanch doktoranturaga (PhD) hujjat topshirgan talabgorlar uchun ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar asosida suhbat tashkil etiladi.
Barcha talabgorlardan belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha tayyorlangan taqdimoti bilan kelishlari so‘raladi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Ilmiy va magistratura bo‘limi