XALQARO AKADEMIK MOBILLIK: TALABALARIMIZ QOZOĞISTONDA TA’LIM OLMOQDA!

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Davolaş işi yönalişi talabalari

XALQARO AKADEMIK MOBILLIK: TALABALARIMIZ QOZOĞISTONDA TA’LIM OLMOQDA!


  

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Davolaş işi yönalişi talabalari — Amirdinov Adham, Kaxxorov Kamron Rustam öğli va Yusupova Sabrina Baxtiyor qizi xalqaro akademik mobillik dasturi doirasida S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoğiston milliy tibbiyot universitetida tahsil olmoqda.
Ikki oy davomida talabalarimiz Qozoğistonlik tengdoşlari bilan birgalikda ta’lim olib, öz bilim va könikmalarini yanada mustahkamlaş, ilğor tajribalarni örganiş hamda xalqaro akademik muhitda tajriba orttiriş imkoniyatiga ega böladilar.
Mazkur taşabbus Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti hamda S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoğiston milliy tibbiyot universiteti örtasida 2024-yil 18-oktabrda imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda. Uning asosiy maqsadi — oliy tibbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, talabalar akademik mobilligini kengaytiriş hamda xalqaro ta’lim tajribasi almaşinuvini mustahkamlaşdan iborat.
🌍 Xalqaro akademik mobillik — yangi bilimlar, ilğor tajribalar va keng imkoniyatlar sari muhim qadam!
Talabalarimizga xorijda tahsil oliş jarayonida muvaffaqiyat, yangi yutuqlar va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uçun asqotadigan boy tajriba tilaymiz!

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti — sifatli ta’lim, xalqaro hamkorlik va professional rivojlaniş sari!