🌿 Ustozga ehtirom — qalbdan boshlanadi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, samimiyat va yuksak ehtirom ruhida o‘tdi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, samimiyat va yuksak ehtirom ruhida o‘tdi.
Tadbirda institut ta’sischisi, professor A.N. Yunusxo‘jaev hamda institut rektori, professor A.F. Dusmatov ustoz va murabbiylarni samimiy qutlab, ularning yosh avlod ta’limi va tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, mashaqqatli va sharafli mehnatiga yuksak ehtirom bildirdi.
🎉 Bayram tadbiri davomida o‘zining fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va ta’lim jarayonidagi faolligi bilan alohida e’tirofga sazovor bo‘lgan eng yaxshi pedagoglar tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 🎁🏆
🥳 Tadbirning rasmiy qismi yakuniga yetgach, bayram shodiyonasi yanada fayzli tus oldi. Talabalar o‘z ustozlari uchun maxsus tayyorlagan she’rlarini samimiyat bilan ijro etib, ularga o‘zlarining ezgu tilaklarini yo‘lladilar. Xorijlik talabalar esa ustozlarni o‘z ona tillarida tabriklab, bayramga xalqaro do‘stlik va o‘ziga xos ruh bag‘ishladilar. 🌍❤️
🎶 Qo‘shiqlar, dildan yangragan tabriklar va 💃 jo‘shqin raqslar esa kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 🎶💃
👨🏻🏫 Zero, ustoz — qalblarga ilm ziyosini olib kiruvchi, orzularga qanot, kelajakka yo‘l ko‘rsatuvchi ulug‘ inson.
👩🏻🏫 Barcha ustoz va murabbiylarimizni yana bir bor kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌷
📖 Siz borsiz — ilm bor, tarbiya bor, kelajak bor!