G‘oyangiz bormi? Uni amalga oshirishga qadam qo‘ying!
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti va O‘zbekiston Milliy banki o‘rtasidagi hamkorlik doirasida talabalar va yoshlar uchun o‘z g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan yangi imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
💼 «Kelajakka qadam» dasturi doirasida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalarini boshlash va rivojlantirish, kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imkoniyatlar mavjud.
🔹 «Tadbirkorlikka ilk qadam»
🔹 «Biznes start»
🔹 «Biznes progress»
🔹 «Talaba invest»
🔹 «Mening birinchi kasbim»
⁉️ Bu imkoniyatlar kimlar uchun?
O‘z biznesini boshlashni istagan, yangi loyiha ustida ishlayotgan, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish yoki kelajakdagi g‘oyasini real loyihaga aylantirishni maqsad qilgan yoshlar uchun.
✨ Bugungi g‘oya — ertangi loyiha.
Bugungi qadam — kelajakdagi natija.
FTTI talabalari, agar sizda startap, biznes-g‘oya yoki rivojlantirmoqchi bo‘lgan loyiha bo‘lsa, ushbu imkoniyatlar bilan tanishib chiqing!
📌 Batafsil ma’lumot:
🔗 https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari
📞 (78) 148 00 10
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!