Ibn Sino merosi — zamonlar va qit’alarni birlashtirgan ilmiy xazina
Buxoro — tibbiyot ilmining buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino nomi bilan bog‘liq muqaddas zamin. Bu yurtda buyuk tabibning ilmiy merosi yana bir bor jahon ilm ahlini bir maydonga jamladi.
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Ibn Sino jamoat fondi hamkorligida «ABU ALI IBN SINO: ZAMONAVIY TIBBIYOT VA XALQ TABOBATI – INNOVATSIYALAR VA INVESTITSIYALAR» mavzusida XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari — ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.