XALQARO AKADEMIK MOBILLIK: OSH DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI FTTI MEHMONI!
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida xalqaro akademik hamkorlik doirasidagi navbatdagi muhim qadam boshlandi.
Akademik mobillik bo‘yicha tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universiteti Tibbiyot fakulteti «Davolash ishi» yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ikki oy muddat davomida institutimizda tahsil olish uchun tashrif buyurishdi.
Bugun mehmon talabalar dastlab institutning o‘quv binosi, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida kafedra mudirlari o‘z kafedralari faoliyati, o‘quv jarayoni, ilmiy yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Mazkur akademik mobillik nafaqat talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini boyitish, balki ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi do‘stlik rishtalarini bog‘lash uchun ham muhim imkoniyatdir.
Ishonchimiz komilki, ushbu ikki oylik ta’limiy safar mehmon talabalar uchun yangi bilimlar, unutilmas taassurotlar va kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun qimmatli tajriba manbaiga aylanadi!