“Kitob-bilim manbai”

Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida  talabalarning maʼnaviy- intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitob savdo-ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu kitoblar ko‘rgazmasiga jahon va o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari qalamiga mansub 300 dan ortiq badiiy asarlar olib kelindi.

kitob savdo koʼrgazmasi institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, aksariyat adabiyotlar mutolaa uchun shu yerning oʼzida harid qilindi.