Ayol bor hayotning har kuni bayram...
Bugun bayram oldi tadbirlari nafaqat yurtimiz, balki kurraizaminimizning barcha manzillarida nishonlanayapti desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ham bugun bayramona bezatilgan. Erta tongdan jamoa ayollari, talaba qizlarni musiqa sadolari ostida kutib oldi.
🎉 Milliy liboslarni ko‘z-ko‘z qilib ayol va qizlar bayramga yanada bayramona kayfiyat bag‘ishlashdi.
Bugun yana zebosan, atlas ko‘ylak kiyibsan,.
Boshingga oq, nofarmon peshonaband ilibsan.
Bayram dasturi ham eng avval milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti bo‘ldi.
Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan qo‘shiq va raqslar, onalarimizni, ayollarni madh etuvchi she’riy satrlar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Xullas, bayram bayramdek o‘tdi.
Ha-ya, talaba yigitlarimiz ulashgan guldastalar ham bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.