1-bosqich talabalari tantanali kutib olindi

16-sentyabr - bu yil ilk bor oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan yoshlar uchun hayajonli kun bo‘ldi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti o‘z bag‘riga yana yuzlab tibbiyot sohasi bilan taqdirini bog‘lamoqchi bo‘lgan talabalarni qabul qildi.

1-bosqich talabalarini tabriklash, ularga oq yo‘l tilash uchun institut jamoasi institut asoschisi A.N.Yunusxo‘jaev, rektor A.F. Do‘stmatov, prorektorlar Sh.Z.Umarova, K.Q.Ismoilov, Sh.F.Iskandarova, N.A.Jabborov boshchiligida erta tongdan jam bo‘ldilar.

Talabalar, ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Talabalarni qutlash uchun estrada yulduzlari ham tashrif buyurdi. Ular ijrosidagi qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. 

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!