HAMKORLIK CHEGARALARI KENGAYMOQDA

Bugun institutimizga 160 yillik tarixga ega jahonga mashhur Bayer farmatsevtika kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hakimov A. va biznes trener Abduraxmonov J.  tashrif buyurdi. 

Institut  rahbariyati rektor Do‘smatov Aziz Fayzamatovich boshchiligida mehmonlarni qarshi olishdi va  kichik faollar zalida tanishuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida rektor Do‘smatov A.F., o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  Umarova Sh.Z., ilmiy ishlar bo‘yicha   prorektor Iskandarova Sh.F., o‘quv bo‘limi boshlig‘i  Sodiqova N.O., magistratura boshlig‘i  Sultanboeva N.M., Farmatsevtik boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi mudiri  Rahimov A.A. hamda matbuot xizmati mutaxassislari ishtirok etdi. 

Bayer farmatsevtika kompaniyasining tashrifidan maqsad FTTI bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Ushbu hamkorlik doirasida bir qator tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, vakolatxona rahbari Hakimov A. iqtidorli talabalar uchun kompaniya tomonidan stipendiyalar tasdiqlanishi ham rejada borligini ta’kidlab o‘tdi. 

FTTI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  Umarova Sh.Z. so‘z olib, o‘z takliflarini kiritdi. 

🤝 Shundan so‘ng, rektor Do‘smatov A. va vakolatxona rahbari Hakimov A. hamkorlik memorandumini imzoladilar. 

Rasmiy uchrashuv yakuniga yetgach, mehmonlar institut o‘quv korpusi hamda Farmatsiya-innovatsiya markazi bilan tanishdilar. 

Bayer farmatsevtika kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hakimov A. taasurotlari bilan o‘rtoqlashib: “Nafaqat maqsadimiz,  hatto shiorimiz ham hamohang ekan”, - deya ta’kidlab o‘tdi.

 

FTTI shiori sizga yod. Bayer kompaniyasining shiori:
“Science For A Better Life” – “Fan – yaxshi hayot uchun”.