MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI HIMOYASI

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida 24-, 25-, 26- iyun kunlari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyasining  himoyasi   bo‘lib o‘tdi. Unda magistratura mutaxassisligi 32 nafar bitiruvchilari o‘z   taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. 

Nufuzli farmatsevt olimlardan tashkil topgan davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari talabalarning ilmiy izlanishlarini yuqori baholashdi. 

Himoya so‘ngida Professorlar Zaynutdinov Hikmatilla Sunnatovich, Suyunov Nizom Davurovich,    Sultonova Gulnora Odiljonovna, dotsent Mavlonova Muslima Burhonovna so‘zga chiqib, dissertatsiyalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Kelgusida ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlarini aytib o‘tishdi.