Wenzhou Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlik

Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ma’muriyati Xitoy davlatining Wenzhou Tibbiyot Universiteti vakillari bilan ZOOM platformasi orqali  davra suhbati o‘tkazdilar. 

Unda har ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik rishtalarini bog‘lash, kelgusida talaba va magistrlar amaliyotini tashkil etish, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasida kelishib olindi.

Xabaringiz bor, joriy yilning may-iyun oylarida bir guruh iqtidorli talabalarimiz Xitoy davlatining  Kunming  tibbiyot institutida mutaxassislik fanlaridan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.