FTTI da OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Har bir ota-ona farzandi oliy ma’lumotli bo‘lishini istaydi. Bor kuch-g‘ayratini, mablag‘ini farzandining yaxshi ta’lim olishiga sarflaydi.

Zero, aynan sifatli ta’lim kishi kelajagini belgilab beruvchi omillardan biri. 

Farzandingiz yoshiga yosh qo‘shilib, ulg‘ayib borar ekan, avvalo sizning va albatta farzandingizning ham hayollari:

-  qaysi oliy ta’limni tanlagan ma’qul?

-  qaysi kasbni egallasam ekan?- kabi savollar bilan band bo‘ladi. 

Bugungi kunda yurtimizda oliy ta’lim maskanlari soni shu qadar ko‘pki, aynan qay birida sifatli ta’lim berilishini aniqlab olish zarur. 

Buning uchun esa bevosita o‘zingizga ma’qul bo‘lgan oliy ta’lim dargohiga tashrif buyuring. Ishoning u yerdagi xodimlar sizning tashrifingizdan xursand bo‘ladi.

Farzandingiz bilan birgalikda kelsangiz esa, nur ustiga a’lo nur.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ma’muriyati  ochiq eshiklar kunini muntazam o‘tkazib kelmoqda.

Mana bugun ham o‘quv maskanimizga Yunusobod tumanida joylashgan “BEK” xususiy maktabining bir guruh o‘quvchilari ustozlari boshchiligida tashrif buyurishdi. 

Ular uchun faollar zalida taqdimot o‘tkazildi. Institut haqida batafsil ma’lumot berildi. Iqtidorli talabalarimiz o‘zlari erishayotgan yutuqlar borasida hikoya qilishdi. 

Shundan so‘ng, o‘quv auditoriyalari, o‘quv laboratoriyalarini tomosha qilishdi. 

Bu kabi sayohatlar o‘quvchilarda kelajaklari uchun to‘g‘ri tanlov qilishlarida yordam beradi. 

OChIQ EShIKLAR  KUNIDA SIZNI HAM KUTIB QOLAMIZ!