ОНЛАЙН МУЛОҚОТ

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti xalqaro bo‘limi tashabbusi bilan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog‘iston-Turkiya qo‘shma universiteti  professori, tibbiyot fanlari doktori Ishigov Ibragim Agaevich ishtirokida  ZOOM platformasi orqali muloqot tashkil etdi.

Davra suhbatida FTTIning 1-prorektori Sh.Z.Umarova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.F. Iskandarova, dekan A.A.Nurmuxamedov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i N.O.Sodiqova, Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri V.B.Rasulova va yana bir qator mutaxassislar ishtirok etdi.

Professor Ishigov Ibragim Agaevich Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog‘iston-Turkiya qo‘shma universiteti  haqida taqdimot o‘tkazdi.

Ushbu muloqtdan maqsad har ikki oliy ta’lim maskani o‘rtasida do‘stona aloqalarni shakllantirish, kelgusida talaba va magistrlar amaliyotini tashkil etish, kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Har ikki tomon ham bevosita uchrashuvlar tashkil etish tarafdori ekanligini bildirdi.