Hamkorlik

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida kuni kecha "Blue Pen Education Consultant PVT, LTD" korhonasi ta'sischisi M. Adrees va rahbari Mohd Yunus bilan institut doirasida hamkorlik aloqalarini yanda kengaytirish va o'quv jarayoniga horijiy talabalarni jalb etish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Unda ikki tashkilot o'rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan bitim bandlari bo'yicha tegishli muhokamalar olib borildi. Muzokarada institutning 1-prorektori, professor Sh.Z. Umarova, Farmatsevtikada boshqaruv va iqtisodiyot kafedrasi mudiri, farm. f. PhD A.A. Rahimov hamda institut bosh hisobchisi M. Rahmathojayevlar ishtirok etishdi. Yaqin kunlarda shartnoma imzolanishi kutilmoqda.