FTTI talabalarining O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,Fan va Innovatsiya Vazirligi vazirligi qoshida tashkil etilgan Yashnobod innotechnopark biznes inkubator 3.0 mavsumining final bosqichidagi ishtiroki

❇️ Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining Analitik va farmatsevtik kimyo kafedrasi assistenti K.R.Ramazonova rahbarligida 2023 yil 30 yanvar  kuni II-bosqich talabalari Dilmurodov Ma’rufjon, Isomiddinov Sherbek va Axmatova  Sarvinozlardan iborat jamoa Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida tashkil etilgan Yashnobod Innotechnopark biznes inkubator 3.0 mavsumda o‘zlarining loyihalari bilan ishtirok etdilar. 

♻️"Hemostatic qon to‘xtatuvchi namlantirilgan steril salfetkalar" deb nomlanuvchi loyiha hakamlar tomonidan yuqori baholanib, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu salfetkalar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ilmiy labaratoriyasida ilmiy rahbar Kamola Ramazonova va farmatsiya yo‘nalishi II-bosqich talabasi Ma’rufjon Dilmurodov tomonidan ishlab chiqilgan.