📌Xushxabar!
📌Xushxabar!
🧑🔬Endi ilmiy ish himoyalari Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining o‘zida o‘tkaziladi!
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining joriy yil 30 noyabrdagi 1090-son qaroriga asosan Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti huzurida 15.00.01 – dori texnologiyasi, 15.00.02- farmatsevtik kimyo va farmakognoziya, 15.00.03- farmatsevtika ishini tashkil etish, 14.00.17 – farmakologiya va klinik farmakologiya ixtisosliklari bo‘yicha farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD ) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi DSc 04/30.11.2024.Far.188.01 raqamli ilmiy kengash tashkil etildi.
🎓 TA’LIM TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI!