Siz konstitutsiyani bilasizmi?

Har bir mustaqil davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan, eng avvalo konstitutsiyaviy asoslarga tayanadi. Ushbu muhim hujjatda xalq farovonligi yo‘lidagi oliy maqsad va vazifalar o‘z aksini topadi. Zero, Konstitutsiya – davlatning huquqiy poydevori bo‘lib, unda jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi asosiy tamoyil va qoidalar mujassamlashgan.

O‘z konstitutsiyasini bilish, unga amal qilish har bir fuqaroning burchi.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida talabalarning  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida   "Siz konstitutsiyani bilasizmi?" viktorinasi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va marifat bo‘limi uslubchisi  Zuhra Ochildieva hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Gulchehra Eshquvatova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu viktorinada   O‘zbekiston va dunyo mamlakatlari Konstitutsiyasiga oid savol-javoblar taqdim etildi.

Tadbirda  Davolash ishi 103-guruh talabalari uch jamoaga bo‘linib ishtirok etishdi. To‘g‘ri va aniq javob bergan jamoalarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!