Omon bo‘ling ustozim

Tushdag so‘ng faollar zaliga jam bo‘lgan institut professor-o‘qituvchilarini institut ta’sischisi Ahmadxo‘ja Nig‘monovich Yunusxo‘jaev bugungi  kasb bayramlari bilan chin dildan tabriklab, talabalarga ma’suliyat bilan bilim berib kelayotgan bir guruh pedagoglarga bayram sovg‘alari topshirdi.

Shuningdek, institut kasaba uyushmalari raisi Kamoliddin Quriltoevich Ismoilov ham bayram sovg‘alari ulashdi.

Tadbirning tantanali qismi yakunlangach institutning faol talabalari ustozlari uchun yod olgan she’rlarini aytishdi, qo‘shiq va raqslar ijro etib, bayram yanada fayzli o‘tishiga hissa qo‘shishdi. 

Ustoz! dili bahorim,

Buloqday beg‘uborim,

Ishongan suyanch tog‘im,

Omon bo‘ling, ustozim.

 

Komil avlod bog‘boni,

Yuksaltuvchi vatanni,

Millatning sharaf-shoni,

Omon bo‘ling, ustozim.

🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!