O‘QUV AMALIYOTI XITOYDA
Ana shu hamkorlik doirasida 10 nafar 3-bosqich talabalari kecha, 7-iyun sanasida, Farmatsevtika fanlari nomzodi dotsent Bekjonov Hamdam boshchiligida Xitoy tomon yo‘l olishdi.
Talabalar Kunming tibbiyot institutida o‘quv amaliyotini o‘taydilar.
O‘zbekiston xalqaro aeroportida institut ma’muriyati o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Z. Umarova boshchiligida talabalarga “oq yo‘l” tilab kuzatib qolishdi.
Safaringiz bexatar bo‘lsin! Katta taasurotlar, salmoqli tajriba bilan yurtimizga sog‘-omon qayting!