Xorijlik hamkasblarimiz tashrifi
Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Rossiya Federatsiyasi Dori vositalari va zarur amaliyotlar Davlat instituti Standart namunalar markazi direktori Bergman Andrey Arkadevich va Belorussiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Xodjaev Valeriy Anisimovich boshchiligidagi vakillari mehmon bo‘lishdi.
Hamkasblarimiz institutdagi o‘quv jarayonlari bilan tanishdilar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalarda bo‘lib, ulardagi zamonaviy jihozlarni ko‘zdan kechirishdi.
Institutdagi sharoitlar, o‘quv auditoriyalaridagi juhozlar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
FTTI ma’muriyati hamda har ikki davlat farmatsevtlari kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliyotini tashkil etish yo‘nalishlari borasida kelishib olishdi.