Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Navro’z sayli
Xalqimizning eng qadimiy va fayzli bayrami ta’lim muassasining ham fayziga yanada fayz kiritdi.
Institut hududi bayramona bezatilib, o‘zbekona dasturxon tuzaldi.
Qoraqalpoqning qora uyi-yu Surxondaryoning o‘tovi, kashtachilik namunalari aks etgan palaklar, zardo‘zlik san’atini namoyon qilgan chimildiq, bularning bari yurtimizning boy madaniy merosidan kichik bir lavha sifatida ko‘zlarni quvnatdi.
Talabalar 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahriga xos bo‘lgan taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar tayyorladilar, har bir hudud urf – odatlari aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.