"Ретиноиды" korxonasi vakillari FTTI da
Rossiya federatsiyasi "Ретиноиды" ilmiy ishlab chiqarish korxonasi direktori, farmatsevtika fanlari nomzodi Konstantin Vladimirovich Nozdrin rahbarligidagi vakillar institutda olib borilayotgan ilmiy ishlar va ta'lim jarayoni bilan tanishish, hamkorlik ishlarini rejalashtirish maqsadida tashrif buyurdi.
Qisqacha korxona faoliyati haqida to‘xtalib o‘tamiz.
"Ретиноиды" ilmiy ishlab chiqarish korxonasi 30 yildan buyon teri kasalliklarini davolash uchun dori-darmonlar hamda faol farmatsevtik moddalar ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadi.
Shuningdek o‘quv jarayonida foydalaniladigan gestologik va biologik preparatlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti mehmonlarda yaxshi taasurot qoldirdi.
Tashrif davomida Rossiyalik hamkasblarimiz professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi hamda talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham hamkorlikka tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.
Uchrashuv so‘ngida har ikki tomon esdalik sovg‘alari bilan almashdilar.