SUMALAK SAYLI
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bahoriy kayfiyat hukm surmoqda.
Pedagoglar boshchiligida katta doshqozonda sumalak pishyapti.
Sumalagim tarixi zo‘r, bu "si-mamak",
Kovlar ekan g‘aybdan kelgan o‘ttiz malak.
Niyatlari ijob bo‘lar aytsang tilak -
Momom aytgan pok tilakni sog‘inganman.
Sumalak pishirishning gashti o‘zgacha. Bug‘doy undirish – u uning sharbatini chiqarish, ko‘pchilik bo‘lib qozon kavlash.... ehey qanchalar zavqli.
Doshqozon atrofidagi hazil-mutoyiba-yu o‘yin kulguni aytmaysizmi? Talabalar uchun bundanda maroqli damlar bo‘lmasa kerak.