Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlik
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi bilan sanoat farmatsiyasi yo‘nalishida talaba va magistrlar amaliyotini tashkil etish, akademik mobilligini ta’minlash borasida memorandum imzolagani haqida xabar bergan edik.
Ana shu hamkorlik doirasida bugun institutimizga tibbiyot akademiyasining 4-bosqichida tahsil olayotgan uch nafar talaba diplom oldi amaliyotini o‘tash uchun kelishdi.
Mehmonlarni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sh.Z.Umarova kutib oldi. Yurtimizga o‘zlarining milliy liboslarini ko‘z-ko‘z qilib kiyib kelgan talaba qizlar Sh.Z.Umarovaga ham qozoq xalqining milliy cho‘ponini hadya qilishdi.
Shundan so‘ng, ular institut o‘quv binosi, Farmatsiya innovatsiya markazi hamda vivariy bilan tanishdilar.
Talabalar bir hafta davomida farmatsevtika fanlari doktori, dotsent M.Sh.Foziljonova hamda farmatsevtika fanlari nomzodi H.Q.Bekjonov boshchiligida amaliyot o‘tishadi.