KELAJAKKA QADAM
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bugun ham "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
Bugun bizga 2-son Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi bitiruvchilari pedagoglar boshchiligida tashrif buyurdi.
“Ochiq eshiklar” kuni faollar zalidagi davra suhbati bilan boshlandi.
Davra suhbatini institut ilmiy maslahatchisi A.N.Yunusxo‘jaev ochib berdi. Ahmadxo‘ja Nig‘monovich nodavlat oliy ta’lim muassasalarining dunyodagi nufuzi, o‘z ilmiy salohiyati bilan qadrlanadigan xususiy institut va universitetlar haqida to‘xtalib, Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti ham ana shu pillapoyadan yuqorilab borayotganini ta’kidladi.
Bugungi kunda malakali farmatsevtlarga ehtiyoj kuchli ekanligi, bu soha kishilarining vazifalari cheksizligiga urg‘u berdi.
Mehmonlarga institut haqidagi video rolik namoyish qilindi.
Shundan so‘ng, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.F. Iskandarova institut o‘quv laboratoriyalari, shart-sharoitlari haqida taqdimot qildi.
Institutning eng iqtidorli talabalari M.Dilmurodov, D.O‘rinova o‘zlari erishgan yutuqlari, shu kungacha bajarib ulgurgan ilmiy loyihalari, yutuqlarga erishish yo‘llari haqida texnikum bitiruvchilariga gapirib berdi.
Davra suhbati so‘ngida mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Tanishuv tadbiridan so‘ng texnikum bitiruvchilari uch guruhga bo‘linib, amaliyot darslariga kirishdi.
Institutimizning malakali mutaxassislari texnikum bitiruvchilari uchun mahorat darslari o‘tib berishdi.
Shundan so‘ng, o‘quvchilar institut bo‘ylab sayohat qilishdi.
Ushbu kun ularda katta taasurot qoldirganiga, o‘zlari uchun eng ma’qul ta’lim maskani qaysi ekanini to‘g‘ri tanlay olishlariga ishonamiz.
Kelajakka biz bilan birga qadam qo‘ying!