Mutaxassis tashrifi
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti faoliyatiga qiziquvchi xorijlik mutaxassislarning soni tobora ortib bormoqda.
Bugun, 7-mart kuni Rossiya farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi hamda Sog'liqni saqlashni nazorat qilish federal xizmati jamoat kengashi raisi V.A. Dmitriev tashrif buyurdi.
Mehmonni institut ma’muriyati kutib oldi va bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurildi.
Shundan so‘ng, V.A. Dmitriev institut o‘quv binosidagi mavjud sharoitlar bilan tanishdi.
Farmatsiya innovatsiya markazida olib borilayotgan ish jarayonini kuzatdi.
Tashrif so‘ngida institut ta’sisichisi, professor A.N. Yunusxo‘jaev mehmonga institutimiz logotipi tushirilgan yog‘och o‘ymakorlik san’ati namunasini taqdim etdi.
“Institutdagi sharoitlar meni lol qoldirdi. Rosti farmasevt mutaxassislarni tayyorlaydigan mana shunday dargoh borligi quvonarli hol,”-dedi mehmon uchrashuv so‘ngida.