Davriy sistema 153 yoshda
Kimyo bo’lajak farmatsevt uchun zarur fanlardan biri. Talabalarning kimyo faniga qiziqishda o’qituvchi, laboratoriya jihozlari va sharoitning mavjudligi muhim. 2022 yil 17-mart kuni Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirokida Davriy sistemaning yaratilganligiga 153 yil to’lganligi munosabati bilan “Davriy sistema 153 yoshda” bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda davriy sistemaning yaratilish tarixi bilan birga Dmitriy Mendeleyevning hayoti va ijodi haqida qiziqarli faktlar talabalar tomonidan qiziqarli taqdim etildi. “Elementlar jam bo’ldi” deb nomlangan qo’shiq va sahna ko’rinishi orqali metallar va metalmaslarning xossalarining inson hayoti hamda farmatsevtika sohasidagi ahamiyati ko’rsatib berildi.
“Fir’avn ilonlari”, “Gugurtsiz olov”, “Ko’pik hosil qilish”, “Ranglar jilosi”, “Kuydirmaydigan olov” deb nomlangan tajribalar talabalar tomonidan mahorat bilan namoyish etildi.
Tadbirda shuningdek “Viktorina savollari” tashkil etilgan bo’lib, zalda javob bergan talabalarga esdalik sovg’alar taqdim qilindi. Tadbirga taklif qilingan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti dekani professor Kadirova Shahnoza Abduhalilovna Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida tahsil olayotgan talabalarning kimyo faniga bo’lga qiziqishlarini, tajribalarni va sahna ko’rinishlarini, D.Mendeleyevning hayoti va ijiodini chiroyli yoritib berganlarini juda ijobiy baholadilar.
Tadbirda ishtirok etgan kafedra mudirlari V.B.Rasulova hamda S.M.To’ychiyevalar ushbu tabirga yuqori baho berdilar va tashkil professor-o’qituvchilar hamda talabalarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.