ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO

Dunyo xalqlarining jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash barchaning e’tiborida qolmoqda.

Jinoyatchilikning bu mudhish turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida

🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida pedagog hamda talaba-yoshlar o`rtasida “Odam savdosiga qarshi kurash – davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yoshlar va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha prorektor K. Ismoilov odam savdosi jinoyati aksariyat hollarda aldov usuli bilan amalga oshirilayotgani, shu sababli jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazish, sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini va ularning oqibatlarini yoshlarga yetkazib turilishi lozimligini aytib o‘tdi.

“Afsuski, dunyo bo‘ylab shuncha keng qamrovli amaliyot, tegishli targ‘ibot-tashviqot olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar "zamonaviy qullik", ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, qizlar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi judayam achinarli,”- dedi rektor maslahatchisi Z. Obilov so‘z olib. 

Mavzu yuzasidan to‘la qonli ma’lumot berilgach, yig‘ilganlarga “Ayol qismati” filmi namoyish etildi. Suriyaga aldanib borib qolgan ayollar qismatidan hikoya qiluvchi ushbu film talabalar to‘g‘ri xulosa chiqarib, hayotlarida bunday qaltis xatolarni qilmasliklari uchun qo‘llanma bo‘lishiga umid qilamiz.