Kabobga marhamat
Talabalalik albatta oltin davr. Ayniqsa do‘stlaring bilan TTJda istiqomat qilishning gashti o‘zgacha.
Kecha Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti TTJ da tarbiyachi M. Normurodova boshchiligida, talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Shashlik day" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Tanti yigitlar oshpazlik borasida ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Ularning mahoratiga kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Ibragimova, kafedra mudiri L. Azimov baho berishdi.