BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida ulug‘ bobokalonlarimiz so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda   shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Buyuk siymolarni yod etib…." mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirni institut asoschisi A.N.Yunusxo'jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

 Shundan so‘ng, Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘li va ijodi, Bobur sulolasi tarixi haqida boburshunos olim Botirali Yo‘ldoshev yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. 

Institut talabalari har ikki shoir ijodidan namunalar o‘qishdi, sahna ko‘rinishi namoyish etishdi.