Bugun 9-fevral - mutafakkir shoir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Qariyib olti asrdan buyon nomlari ulug‘lanib kelayotgan bobomizning ruhlarini shod etish, ularning adabiy merosini yana bir bor yoshlar xotirasiga solish maqsadida Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Navoiyxonlik kechasi tashkil etildi.
Tadbirda institutning Axborot resurs markazi boshlig‘i N.Yunusxo‘jaeva hamda E.To‘raeva talabalarga Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida hikoya qilishdi.
Talabalar shoir qalamiga mansub g‘azallarni yod olishdi.
Kechada Yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha prorektor K. Ismoilov, rektor maslahatchisi Z. Obilov, dekan yordamchisi N. Yusupova, katta o'qituvchi D.Sodiqova va tyuterlar ishtirok etdi.