Тожикистонлик фармацевтлар ташрифи
Joriy yilning 9-fevral kuni Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutiga Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi fan, tibbiyot va farmatsevtika ta'limi kadrlar tayyorlash va siyosat boshqarmasi boshlig‘i Salomiddin Isupov va farmatsevtika fanlari doktori, professor Komila Mahmudjonova tashrif buyurdi.
Tashrif davomida olimlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida tashkil etilgan ta'lim imkoniyatlari hamda jarayonlari, o'qitish tizimi va u yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Institut ta'sischisi A.Yunusxo'jayev bilan uchrashdilar.
Tashrifdan maqsad ikki qardosh xalq farmatsevtlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.