Jaholatga qarshi ma’rifat
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.
Hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish. Chunki, yoshlar bizning kelajagimiz. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda.
Bugun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘limi ishtirokida “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizmning oldini olish” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Davra suhbatini institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v.b. K.K.Ismailov kirish so‘zi bilan ochdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’sul xodimi Mardonov Zokirjon Aliqul o‘g‘li yig‘ilganlarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.