Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning ...
Talabalarga o‘tayotgan har bir lahza qadrli ekanligi, uni unumli va samarali sarflash orqali kelajak uchun mustahkam poydevor qura olish imkoni tug‘ilishi haqida ta’kidladilar. Shuningdek, jismoniy harakat nafaqat sog‘lom tana balki ruhiy tetiklikka ham ta’siri borasida ma’lumot berishdi.
Shundan so‘ng, nazariyani amaliyotda sinab ko‘rish uchun talabalar bilan birgalikda stol tennisida bahslashdilar.
Bu kabi tadbirlar, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari bilan bir qatorda pedagoglarga nisbatan ishonch va do‘stona munosabatning oshishiga xizmat qiladi.