Famratsevtika ta’lim va tadqiqot institutining iqtidorli talabalari ilm cho‘qqisini pog‘onama-pog‘ana zabt etib, yuqorilab borishmoqda.
Bunga kichik misol keltirib o‘tamiz:
Sanoat farmatsiyasi 1-bosqich talabasi Sevinch Hoshimjonova Sirdaryo yoshlar texnoparkida tashkil etilgan innovatsion gʻoyalarni start upga olib chiqish boʻyicha InnoX business incubatsiya oʻquv dasturida o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi. Uning loyihasi yuqori baholanib grant va stipendiyaga loyiq deb topildi.
Sevinchni ushbu g‘alaba bilan tabriklab, qadaming yanada shaxdam bo‘lsin, deb qolamiz.