Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor - o‘qituvchilari uchun bugun ham seminar-trening tashkil etildi.
Seminarga Xalqaro “ANTIK DUNYo” va “TURON” fanlar akademiyalarining akademigi professor Jumaniyozov Rahimboy Matkarimovich taklif etildi.
Rahimboy Jumaniyozov “Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining innovatsion va ta’sirchan mexanizmi” ruknidagi “Kasbiy faoliyatda, boshqaruv mexanizmida, rahbarlik faoliyatida, targ‘ibot ishlarida Notiqlik mahorati va kommunikativ kompetentlik” mavzusida ma’ruza qildi.
Seminar barcha tinglovchilar uchun qiziqarli bo‘ldi, desak xato bo‘lar.
Seminar barcha tinglovchilar uchun juda qiziqarli bo‘ldi va hatto ko‘pchilikda notiqlik san’atini o‘rganish istagi uyg‘ondi, deyish ayni muddao.
Rahimboy Jumaniyozovning hech bo‘lmaganda birgina ma’ruzasida ishtirok etganlar, bizning fikrimizni tasdiqlaydi.
Ma’ruzachining mohirona so‘zlashuv uslubi, mukammal nutqi, buyuk allomalarimizdan keltirilgan iqtiboslar, hayotiy voqealar tinglovchilarni birdek o‘ziga jalb qila oldi.